» » Buxoroda 10 million so‘mlik texnika vositalarini o‘g‘irlab ketgan shaxs qo‘lga olindi

Buxoroda 10 million so‘mlik texnika vositalarini o‘g‘irlab ketgan shaxs qo‘lga olindi


Buxoro shahrida do‘konga o‘g‘rilikka tushib, 10 million so‘mlik texnika vositalarini olib chiqib ketgan jinoyatchi ushlandi. Bu haqda “Daryo”ga Buxoro viloyati IIB ma’lum qildi.

Aytilishicha, IIBga 1991-yilda tug‘ilgan Azamat Muxitdinov murojaat qilib,noma’lum shaxs “Karvon” buyum bozori hududidagi 6-sonli savdo do‘koniga kirib, u yerdan A. Muxitdinovga tegishli 10 million so‘mlik turli rusumdagi 40 ta telefon, kuzatuv kamerasi hamda turli xil ehtiyot qismlarini o‘g‘irlab ketganligini bildirgan edi.

Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida ushbu jinoyatni 1996-yilda tug‘ilgan, muqaddam o‘g‘rilik jinoyatini sodir etgani uchun sudlangan Muxiddinov Bexruz Baxriddinovich sodir qilganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan B. Muxiddinovga nisbatan JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozir kunda tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-03-2018, 20:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют