» » Lord Muhammad Iltaf Shayx: Ulug‘bek hayot bo‘lganida o‘zbeklar birinchi bo‘lib oyga safar qilardi

Lord Muhammad Iltaf Shayx: Ulug‘bek hayot bo‘lganida o‘zbeklar birinchi bo‘lib oyga safar qilardi


Oldinroq xabar qilinganidek, O‘zbekistonning yetakchi islomshunos va sharqshunos olimlaridan iborat delegatsiya Buyuk Britaniyaga safar qilib, ilmiy doiralar, ta’lim va madaniyat muassasalari vakillari, ziyolilar, diniy soha namoyandalari bilan uchrashuv va muzokaralar o‘tkazmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchixonasida bo‘lib o‘tgan tadbirda yirik siyosat arbobi, Lordlar palatasi vakili lord Muhammad Iltaf Shayx boshchiligida “Ko‘hna qit’a”dagi naqshbandiylik tariqati vakillari, ulamolar, turistik kompaniyalar mutasaddilari qatnashdi. Uchrashuvda O‘zbekistonda diniy-ma’rifiy sohada ro‘y berayotgan ijobiy o‘zgarishlar, ziyorat turizmini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar, xususan, halol standartining joriy etilgani, tabarruk manzillarda sayyohlar uchun yaratilayotgan qulay sharoitlar xususida ma’lumot berildi. “O‘zbekiston – islom madaniyati javohiri” mavzusidagi taqdimot va film namoyishi bo‘lib o‘tdi.

Lord Muhammad Iltaf Shayx O‘zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy yo‘nalishlardagi islohotlar mamlakat xalqaro nufuzining yanada yuksalishiga, turli sohalarda O‘zbekistonning do‘stlari va ishonchli hamkorlari soni ortishiga xizmat qilayotganini qayd etdi.

“O‘zbekiston islom madaniyati, fani rivojiga ulkan hissa qo‘shgan. Agar Mirzo Ulug‘bek hozir hayot bo‘lganida o‘zbeklar birinchi bo‘lib oyga safar qilgan bo‘lardi. Al-Xorazmiysiz zamonaviy texnologiyalar bo‘lmas edi. Jahon hamon tibbiyotni Ibn Sino asarlari asosida o‘rganmoqda. Biz radikallashuvga O‘zbekiston madaniyati vositasi bilan qarshi kurashishimiz kerak. Sizlar Imom Buxoriy hadislarini ingliz tiliga tarjima qilib, sharhlab bering. Biz bu kitoblar bilan jaholatga qarshi kurashamiz”, — dedi lord.

Uchrashuv qatnashchilarining fikricha, O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan o‘tkazilajak yetti pirga bag‘ishlangan xalqaro seminar va konferensiyalar shunisi bilan ham ahamiyatliki, naqshbandiya ta’limoti ulamolari, tadqiqotchilarini bir yerga jamlash va ular o‘rtasida doimiy muloqot va hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkonini beradi. Bu esa ilgari kuzatilmagan hodisadir.

Shuningdek, uchrashuvda Buyuk Britaniyadagi ziyorat turizmi bilan shug‘ullanuvchi kompaniya vakillari qatnashib, O‘zbekistonga maxsus sayohatlarni tashkil etish haqida muloqot qildi.

O‘zbekiston delegatsiyasining Buyuk Britaniyaga safari davom etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-03-2018, 21:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют