» » Sirdaryoda “Eng yaxshi kasb-hunar ta’limi muassasasi” o‘quv-seminari o‘tkazildi

Sirdaryoda “Eng yaxshi kasb-hunar ta’limi muassasasi” o‘quv-seminari o‘tkazildi


Sirdaryo tumanida “Eng yaxshi kasb-hunar ta’limi muassasasi” mavzusida o‘quv-seminar o‘tkazildi. Bu haqda “Daryo”ga O‘zA ma’lum qildi.

Sirdaryo viloyati o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda hududdagi barcha kasb-hunar kollejlari rahbarlari, o‘qituvchi va o‘quvchilar ishtirok etdi.

Seminarda Sirdaryo sanoat kasb-hunar kolleji o‘quvchilari o‘zlari tayyorlagan sanoat, kommunal va maishiy texnika jihozlari, qurilish materiallari, hunarmandlik mahsulotlarini namoyish etdi.

Mazkur kollejning 2-bosqich o‘quvchisi Diana Bo‘zdayeva ko‘rgazmada kichik quyosh panellari yordamida ishlaydigan turli xil yoritgichlar bilan ishtirok etgan bo‘lsa, uning kursdoshi Temur Jo‘rayev innovatsion tejamkor uy loyihasida bir yo‘la tabiiy resurslardan – quyosh paneli, shamol va suv generatorlari yordamida uyni elektr energiyasi bilan ta’minlaydigan moslama bilan qantashdi. Kollej ustaxonasida yasalgan milliy san’atimiz, yog‘och o‘ymakorligi namunalari, qurilish materiallari va o‘quvchilarning boshqa ijod mahsulotlari seminar ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.

Seminarda Prezidentning 25-yanvardagi “Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi, ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlardan kelib chiqadigan vazifalar, bugungi kasb-hunar kollejlarining ma’naviy qiyofasi va yoshlarni kasbga yo‘naltirishdagi hal qiluvchi vazifalar xususida ma’ruzalar tinglandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-03-2018, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 15) ( 0) ( 15) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют