» » Makedoniyada mamlakat nomini o‘zgartirishga qarshi ommaviy namoyishlar bo‘lib o‘tdi

Makedoniyada mamlakat nomini o‘zgartirishga qarshi ommaviy namoyishlar bo‘lib o‘tdi


Makedoniya poytaxti Skopyeda bir necha ming kishi mamlakat nomi o‘zgarishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan Gretsiya bilan kelishuvga qarshi norozilik aksiyasi o‘tkazdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Namoyishchilar hukumat va bosh muxolifat partiyasini milliy manfaatlarga xiyonatda aybladi. Ular mamlakat bosh vaziri Zoran Zayev Makedoniya nomi bo‘yicha tortishuvni hal etish uchun Gretsiya bilan olib borilayotgan muzokaralarni to‘xtatishni talab qildi.

Shuningdek, aksiya qatnashchilari BMTni mamlakatni uning konstitutsiyaviy nomiga muvofiq atalashini tan oluvchi rezolyutsiya qabul qilishga chaqirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-03-2018, 23:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют