» » Qashqadaryodagi gaz quyish shoxobchasida portlash sodir bo‘ldi

Qashqadaryodagi gaz quyish shoxobchasida portlash sodir bo‘ldi


Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida 4-mart kuni soat 19:15 larda “Sho‘rquduq” mahallasi hududida joylashgan “Odil” MCHJga qarashli avtomashinalarga suyultirilgan gaz quyish shoxobchasida portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi ma’lum qildi.

Shoxobcha ishchilari H.Poyonov va N.Xushvaqtov ish joyida kompressorni tozalayotgan vaqtda vintdan sizib chiqib, xonaga to‘planib qolgan gaz va havo aralashmasi portladi.

H.Poyonov va N.Xushvaqtov kuyish jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizildi. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-03-2018, 08:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют