» » Andijonda yuz bergan yong‘inda go‘dak halok bo‘ldi, 2 kishi kasalxonaga yotqizildi

Andijonda yuz bergan yong‘inda go‘dak halok bo‘ldi, 2 kishi kasalxonaga yotqizildi


Andijon viloyatining Marhamat tumani, “Mingtepa” mahallasida 21-fevral kuni soat 17.16 da yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi ma’lum qildi.

Mahallaning Olmazor ko‘chasi, 1-uyda yashovchi M.Mamarahimovaning uyida kelini I.Murotova elektr isitish pechi ustida qaynab turgan temir choynak ichiga suv deb o‘ylab, gazolin suyuqligini quyib yuboradi.

Buning oqibatida xonadagi yelim idishda saqlanayotgan gazolin suyuqligidan sizib chiqib, xonaga to‘planib qolgan gaz va havo aralashmasidan portlash sodir bo‘ladi.

Yong‘inni o‘chirish vaqtida I.Murotovaning 2017-yilda tug‘ilgan o‘g‘li kuyish jarohatlari olib, voqea joyida halok bo‘ldi. Uning o‘zi va 2011-yilda tug‘ilgan qaynsinglisi kasalxonaga yotqizildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-02-2018, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 117) ( 0) ( 115) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют