» » To‘raqo‘rg‘ondagi xonadonlarning birida gaz sizib chiqishi natijasida chaqnash yuz berdi

To‘raqo‘rg‘ondagi xonadonlarning birida gaz sizib chiqishi natijasida chaqnash yuz berdi


Namangan viloyatidagi xonadonlardan birida yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etilmagani oqibatida noxush hodisa yuz berdi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati.

Xabar berishlaricha, Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi 1992-yilda tug‘ilgan uy bekasi tungi paytda elektr chirog‘ini yoqqanida, isitish pechiga ulangan shlangdan sizib chiqqan gaz va havo aralashmasidan chaqnash sodir bo‘lgan.

“Natijada mazkur ayolning o‘zi va birga yashovchi 2 yoshli qizalog‘i va 4 yashar o‘g‘li kuyish jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan”, — deyiladi vazirlik axborotida. Kuyish darajasi, jabrlanuvchilarning joriy ahvoli haqida qo‘shimcha ma’lumot berilmagan.

IIV matbuot xizmati xabarida qayd etilishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (3-03-2017, 22:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 55) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют