» » Qozog‘istondagi YTHda ikki o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Qozog‘istondagi YTHda ikki o‘zbekistonlik halok bo‘ldi


5-mart kuni 10:50 da Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatidagi Olke posyolkasi yaqinida “Samara—Chimkent” avtomobil yo‘lining 778-kilometrida “KAMAZ” yuk mashinasining Sankt-Peterburgdan Toshkentga ketayotgan Opel Astra yengil avtomobili bilan to‘qnashib ketishi natijasida O‘zbekistonning ikki fuqarosi halok bo‘ldi, deb yozadi “Gazeta.uz” Favqulodda vaziyatlar vazirligiga tayanib.

Halok bo‘lganlar: Isoqov Zohidjon Mansurovich (1978-yilda tug‘ilgan, haydovchi) va Yo‘ldoshev Qodirjon Komilovich (1975-yilda tug‘ilgan, yo‘lovchi). Ularning ikkalasi ham Andijon viloyati, Asaka tumani, “O‘zbekiston” QFY, Do‘rmon ko‘chasi manzilida yashagan. Ularning jasadlari Aqto‘bega yetkazilgan.

FVV O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda va Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligi Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi bilan hamkorlikda marhumlarning jasadlarini o‘z vataniga yetkazishni tashkillashtirish ustida ishlamoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-03-2018, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 70) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют