» » Yaponiya tarixida ilk bor ayol kishi jangovar kemalar guruhi qo‘mondoni etib tayinlandi

Yaponiya tarixida ilk bor ayol kishi jangovar kemalar guruhi qo‘mondoni etib tayinlandi


Yaponiya harbiy-dengiz kuchlari tarixida birinchi bor ayol ofitser jangovar kemalar guruhi qo‘mondonligi vazifasiga kirishdi. 44 yoshli birinchi rang kapitani Ryoko Adzumaning lavozimga kirishish marosimi Yokosukadagi bazada bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi “TASS”.

Yangi harbiy qo‘mondon to‘rtta kemani, jumladan, Yaponiya harbiy-dengiz kuchlariga tegishli “Idzumo” yirik vertolyot tashuvchisini boshqaradi. Kemalarda jami mingga yaqin harbiy xizmat qiladi. Ayni vaqtda “Idzumo”ni modernizatsiya qilish masalalari ko‘rib chiqilmoqda. Mazkur kema o‘z bortiga F-35B jangovar samolyotini qabul qilishni boshlashi mumkin.

Ryoko Adzuma 2016-yilda Yaponiya tarixida jangovar kema kapitani etib tayinlangan ilk ayolga aylangan edi. So‘nggi yillarda mamlakat qurolli kuchlari xizmatga ayollarni ko‘proq jalb etmoqda. Xususan, yaqinda ayollarga jangovar samolyotlarni boshqarishga ruxsat berildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-03-2018, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют