» » Abdulaziz Komilov xorijiy davlatlarning O‘zbekistondagi ayol elchilarini bayram bilan tabrikladi

Abdulaziz Komilov xorijiy davlatlarning O‘zbekistondagi ayol elchilarini bayram bilan tabrikladi


6-mart kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida Amerika Qo‘shma Shtatlari elchisi Pamela Leora Spratlen, Fransiya elchisi Violen Biyet de Vilmor, Misr elchisi Amani Al-Itr, Xitoy elchisi Tsyan Yang va BMT vakolatxonasining rahbari Helena Freyzer bilan uchrashdi, deb xabar beradi TIV matbuot xizmati.

“Vazir O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomidan mamlakat va chet elda keng nishonlanadigan bahor bayrami munosabati bilan O‘zbekistondagi diplomatik vakolatxonalar rahbarlarini iliq muborakbod etdi va ularga sihat-salomatlik, baxt va har tomonlama omad, ularning faol va samarali ishlari va O‘zbekiston bilan AQSh, Fransiya, Misr, Xitoy va BMT o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlashga qo‘shgan ulkan shaxsiy hissalari uchun minnatdorchilik bildirdi”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-03-2018, 15:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 54) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют