» » KXDR Yonbyondagi yadro reaktori ishini qayta yo‘lga qo‘yganligi taxmin qilindi

KXDR Yonbyondagi yadro reaktori ishini qayta yo‘lga qo‘yganligi taxmin qilindi


KXDR Pxyonan-Pukto provinsiyasidagi Yonbyon yadro markazida 5 MVt quvvatli tajriba reaktorini ish rejimiga tushirganligi taxmin qilinmoqda. Bu haqda Janubiy Koreyaning YTN telekanali sun’iy yo‘ldosh orqali 17 va 25-fevral kunlari olingan suratlar tahliliga tayanib ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

Suratlarda yadro obyekti quvurlaridan oq bug‘ ustunlari ko‘tarilayotganligini ko‘rish mumkin. Ekspertlarning ta’kidlashicha, suratlarda reaktorni sovutish tizimidan qo‘shni daryoga suv quyilishi belgilari ko‘rinmayapti. Bu esa bug‘ chiqishi reaktor ishi bilan bog‘liq emasligidan dalolat berishi mumkin. Biroq suvni chiqarish quvuri daryoga bekitilgan bo‘lishi ham mumkin.

Bundan tashqari, suratlarda obyekt hududida vaqtinchalik harbiy lager qurilganligini ko‘rish mumkin.

Janubiy koreyalik ekspertlar reaktorning ishga tushirilishi KXDR yadro dasturi uchun zarur izotoplar ishlab chiqarishning qayta yo‘lga qo‘yilganligidan guvohlik berishi mumkinligini ta’kidlamoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-03-2018, 16:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 69) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют