» » “Kvars” AJ aksiyalari bilan IPO davom etmoqda!

“Kvars” AJ aksiyalari bilan IPO davom etmoqda!


IPO (Initial Public Offering) — aksiyadorlik jamiyatining aksiyalarini birlamchi oshkora taklif etish degan ma’noni bildiradi. Ya’ni u jamiyat tomonidan aksiyalarni cheklanmagan shaxslar orasidagi dastlabki sotuvi, dastlabki taklif qilinishidir. IPO’ni o‘tkazishdan asosiy maqsad korxonani rivojlantirish uchun keng doiradagi investorlardan kapital jalb qilishdir.

O‘zbekistonning yetakchi sanoat korxonalaridan biri “Kvars” aksiyadorlik jamiyati 2017-yil 5-dekabrdan boshlab jamiyatning 4 574 934 dona oddiy aksiyalarini birlamchi ommaviy taklif etish (IPO) orqali “Toshkent” respublika fond birjasi savdolariga chiqardi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-maydagi 268-sonli “Fond birjasida aksiyalarni ommaviy taklifini o‘tkazishni tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan IPO tadbirlarini tashkilotchisi — anderrayteri O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki (Milliy bank) hisoblanadi.

“Kvars”AJ va Milliy bank o‘rtasidagi tuzilgan 2017-yil 15-sentabrdagi shartnomaga muvofiq chiqarilgan aksiyalarni 100 foiz sotish kafolati Milliy bank tomonidan olingan.

Aksiyalarini sotib olish istagi bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslarning buyurtmalari fond bozorida faoliyat yurituvchi investitsiya vositachilari (brokerlar) tomonidan qabul qilinadi. Investitsiya vositachilarining ro‘yxatini Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish Markazi (www.csm.cov.uz) hamda “Toshkent” RFBning (www.uzse.uz) rasmiy saytlaridan olish mumkin.

Buyurtmalar bir dona aksiya uchun 3 000 so‘mdan 9 100 so‘mgacha bo‘lgan oraliqdagi (diapazonda) narxlarda qabul qilinadi. Aksiyalarni sotish xaridor bergan buyurtmada taklif etilgan narxlarda, yuqori berilgan bahoga ustuvorlik berilgan holda amalga oshiriladi.

Bunda bir shaxs ko‘pi bilan 2 287 dona aksiya, ya’ni sotuvga chiqarilgan aksiyalarning 0,05 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda sotib olishi mumkin.

Aksiyalarga buyurtmalar qabul qilish oxirgi sanasi 2018-yil 3-aprel kuni etib belgilangan.

“Kvars”AJ – 1975-yilda o‘z faoliyatini boshlagan bo‘lib, listlangan oyna, shisha banka, butilka, avtomobil sanoati uchun oyna va o‘tga chidamli materiallar ishlab chiqaruvchi O‘zbekistondagi yirik va yetakchi korxona hisoblanadi.

“Kvars”AJ Respublika iste’mol bozorining 60 foiz qurilish oynasiga, 95 foiz shisha banka va 50 foiz shisha butilkaga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlaydi.

“Kvars” AJ 2014—2017-yillar davomida moliyaviy holati barqarorligi va yuqori o‘sish darajasi hamda mahsulot ishlab chiqarish va sotish hajmi 2,1 baravar hamda sof foyda 3,3 baravarga oshganligi bilan aksiyadorlar va investorlar e’tiborida bo‘lmoqda.

Oxirgi uch yilda jamiyat sof foydasining 46—50 foizi dividend uchun ajratilmoqda. 2016-yilda olingan 56,18 milliard so‘m sof foydaning 28,09 milliard so‘mi yoki bir dona aksiyaga 1172,3 so‘mdan (nominal qiymatiga nisbatan 68,36 foiz miqdorida) dividendlar to‘lashga yo‘naltirilgan.

Korxona 2017-yilni ham muvaffaqiyatli yakunladi, jamiyat sof foydasi o‘tgan yilga nisbatan deyarli 1,6 baravar ko‘payib, 88,23 milliard so‘mga yetdi.

Jamiyatning 2017—2021-yillar uchun Strategik rivojlanish dasturiga asosan korxonada ishlab chiqarishini faol modernizatsiya qilish, energotejamkor liniyalarni joriy qilish, ishlab chiqarish hajmini va aksiyadorlar daromadini oshirish yo‘lida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Dasturga muvofiq quvvati sutkasiga 400 tonna listlangan oyna ishlab chiqarishga mo‘ljallangan yangi float liniyasini qurish ishlari boshlab yuborilgan.

Zamonaviy texnologiyalar (Yevropa, Xitoy) asosidagi mazkur loyihani ishga tushirish 2019-yil 2-yarmiga rejalashtirilgan bo‘lib, uni amalga oshirish natijasida yillik oyna ishlab chiqarish hajmi deyarli 2 baravar ko‘payadi va 20 million kvadrat metrga yetadi, oyna qalinligi va o‘lchamlari kengayadi, energoxarajatlar kamayib, mahsulotni eksportga chiqarish imkoniyatlari ortadi.

“Kvars”AJning ustunligi uning doimiy ravishda bozor talabidan kelib chiqib, mahsulot assortimentini ko‘paytirish, uning sifatini, jahon bozoridagi raqobatbardoshlik darajasida oshirishga intilishidadir.

2016-yil sentabridan boshlab mahsulot tarkibidagi xomashyo to‘liq mahalliylashtirilib, importga bog‘liqlik bartaraf qilingan bo‘lsa, 2017-yilda yangi — badiiy bezak berilgan toblangan oyna mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.

Korxonada rivojlanish va jahon bozoriga chiqishning asosi bo‘lgan mahsulot sifatini boshqarish tizimiga katta e’tibor beriladi. Jamiyat tomonidan ISO 50001-2011, ISO 9001:2015 va boshqa sifat boshqaruvi tizimining xalqaro sertifikatlari olingan.

2017-yil fevralda Parijda sifat bo‘yicha o‘tkazilgan BID Xalqaro Konvensiya davomida “Kvars” AJga Yetakchilik, Sifat va Innovatsiya yo‘nalishida xalqaro e’tirof mukofoti International Star for Leadership in Quality (ISLQ) “Oltin” toifasida topshirildi.

Shuningdek, korxona 2017-yilning Moskva shahridagi anjumanlarda, shu jumladan, avgust oyida “Xalqaro sifat standarti” mukofotini oldi, dekabr oyida Xalqaro Kongressda professional faoliyat, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlashdagi xizmatlari uchun “Ishonchli hamkor” xalqaro mukofot laureati bo‘ldi.

Batafsil ma’lumotlarni “Kvars” AJning quyidagi 0 373 372-44-03, +998(97) 337-54-30, 557-22-50 va rasmiy broker “Dalal Standard” MChJning +998 (90) 187-51-25 telefon raqamlaridan, “Kvars” AJning www.kvarts.uz, “Toshkent” RFBning www.uzse.uz, Milliy bankning www.nbu.uz va “Dalal Standard” MCHJning www.dalal.uz saytlaridan olishingiz mumkin.

Telegram dagi kanalimiz: https://telegram.me/ao_kvarts

Reklama huquqi asosida!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-03-2018, 17:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют