» » Shavkat Mirziyoyev 8-mart munosabati bilan jizzaxlik fermer ayolga Nexia 3 sovg‘a qildi

Shavkat Mirziyoyev 8-mart munosabati bilan jizzaxlik fermer ayolga Nexia 3 sovg‘a qildi


Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanidagi “Musurmon ota” fermer xo‘jaligi raisi Subiniso Boymatova samarali va fidokorona mehnati uchun 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Prezident sovg‘asi — Nexia 3 avtomashinasi bilan taqdirlandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Kasbi pedagog bo‘lgan Subiniso Boymatova ko‘p yillar maktabda tarix-huquq fanidan dars berdi. 1998-yilda farzandlarini yoniga olib paxtachilik va g‘allachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaligi tashkil etdi. Ayni paytda 93 gektar yerda dehqonchilik qilib, har yili davlatga g‘alla, paxta sotish shartnoma rejasini oshirib bajarmoqda.

“Mening, jamoamning yurt farovonligiga qo‘shayotgan kichik ulushini katta baholagani uchun Prezidentimizdan behad minnatdorman, — deydi Subiniso opa. — Bu yuksak ishonch va e’tiborni g‘ayrat bilan mehnat qilib, elimiz dasturxonini to‘kin qilishga yanada ko‘proq hissa qo‘shish bilan oqlashga harakat qilamiz”.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-03-2018, 19:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют