» » AQSh Kim Chen Inning akasi o‘ldirilishi tufayli Shimoliy Koreyaga qarshi sanksiyalar kiritdi

AQSh Kim Chen Inning akasi o‘ldirilishi tufayli Shimoliy Koreyaga qarshi sanksiyalar kiritdi


AQSh Davlat departamenti Shimoliy Koreya yetakchisining akasi Kim Chen Nam kimyoviy qurol bilan o‘ldirilgani tufayli KXDRga nisbatan sanksiyalar kiritilishini e’lon qildi, deb yozadi “RBK”.

“22-fevral kuni AQSh shunday xulosaga keldiki, Shimoliy Koreya hukumati Kimyoviy qurol qo‘llashning taqiqlanishi to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyani buzib, Kim Chen Namni o‘ldirish uchun VX moddasidan foydalangan, — deyiladi AQSh Davlat departamenti bayonotida. — Yangi cheklov choralari AQSh avvalroq KXDRning noqonuniy xatti-harakatlari oldini olish uchun joriy qilgan va allaqachon amalda bo‘lgan keng qamrovli sanksiyalarni to‘ldiradi”.

Kim Chen Nam 2017-yil 13-fevral kuni Kuala-Lumpur aeroportida o‘ldirilgan edi. Erkakning terisida kimyoviy qurol haqidagi xalqaro konvensiya tomonidan taqiqlangan VX kimyoviy quroli izlari topilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-03-2018, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют