» » O‘zbekistonda atom elektr stansiyalari paydo bo‘ladimi?

O‘zbekistonda atom elektr stansiyalari paydo bo‘ladimi?


Ichki iste’molning o‘sishini hisobga olganda, 2020-yilga kelib, O‘zbekistonda aholi talabini qondirish uchun gaz qolmaydi, deyiladi “Kommersant.uz” Markaziy Osiyoning CENTIL konsalting firmasi materiallariga tayanib tayyorlagan maqolada. Deyarli barcha mavjud GES resurslari allaqachon elektr energiyasi ishlab chiqarishga jalb qilingan, va qo‘shnilardan ham elektr energiyasini sotib olib bo‘lmaydi — ularda ham yetishmovchilik sezilmoqda.

Shunda atom elektr stansiyasini barpo etishni taklif qilish o‘rinli bo‘ladi. Bitta shunday stansiya, masalan, Samarqand, Buxoro va Andijon viloyatlari aholisining umumiy ehtiyojini to‘liq qoplay olishi mumkin. AES uchun yoqilg‘i masalasi esa hal desa bo‘ladi — O‘zbekiston uran zaxiralari bo‘yicha dunyoning o‘nta yetakchi mamlakatlari safiga kiradi.

Ammo bu uranni AESda qo‘llash uchun tayyorlash, ya’ni uni boyitish kerak bo‘ladi. O‘zbekistonda uranni boyitish bo‘yicha korxonalar yo‘q, shu sababli jahon ishlab chiqaruvchilariga murojaat qilishga to‘g‘ri keladi, va bu “Rosatom” bo‘lishi ehtimoli katta, deyiladi xabarda.

Albatta, eng muhim masala — xavfsizlik. O‘zbekistonda AES qurish uchun atom standartlarining butun bir to‘plamini ishlab chiqish va joriy qilish, atom xavfsizligi bo‘yicha o‘nlab xalqaro konvensiyalarni ratifikatsiya qilish zarur.

O‘zbekistonda AES qurish masalasi ochiq bo‘lib qolmoqda va puxta o‘ylab, afzallik va kamchiliklarni taroziga solib ko‘rishni talab qiladi.

AESning paydo bo‘lishi nafaqat kelajak avlodni energiya bilan ta’minlash masalasini hal qiladi, balki boshqa tarmoqlarning rivojlanishini, sanoat modernizatsiyasini tezlashtiradi va undan ham muhimi — fundamental ilm-fanga yaxshigina turtki beradi, deya xulosa qilinadi maqolada.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-03-2018, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 33) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют