» » Rossiyaning Suriyada qulagan An-26 samolyoti bortida 27 nafar zobit va general-mayor halokat qurboni bo‘ldi

Rossiyaning Suriyada qulagan An-26 samolyoti bortida 27 nafar zobit va general-mayor halokat qurboni bo‘ldi


Rossiyaning Suriyada qulagan An-26 transport samolyoti bortida 39 kishi — 33 nafar harbiy va 6 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan. Ularning barchasi halok bo‘ldi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.

Oldinroq havo kemasida 26 yo‘lovchi va 6 nafar ekipaj a’zosi, jami 32 kishi bo‘lgani bildirilgandi.

Aleppodan parvoz qilgan va Xmeymim aerodromiga 500 metr qolganda yer bilan to‘qnashgan samolyot halokatiga texnik nosozlik sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda. Rossiya mudofaa vazirligi havo kemasiga hujum uyushtirilmaganini ta’kidlamoqda.

Vazirlikka ko‘ra, 27 nafar zobit halokat qurboni bo‘ldi. Ular orasida general-mayor ham bo’lgan. OAV uning Vladimir Yeremeyev ekanligini aytmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-03-2018, 11:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют