WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » Suriyada Rossiyaning An-26 samolyoti qulashi oqibatida 30 dan ortiq odam halok bo‘ldi
Suriyada Rossiyaning An-26 samolyoti qulashi oqibatida 30 dan ortiq odam halok bo‘ldi
Suriyada Rossiya mudofaa vazirligining An-26 transport samolyoti halokatga uchradi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, samolyot bortida 26 yo‘lovchi va olti nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan. Ularning barchasi halok bo‘lgan.
Avariya Xmeymim aerodromiga kirishda ro‘y bergan. Samolyot uchish-qo‘nish tasmasiga 500 metrcha yetmay, yer bilan to‘qnashgan.
Fojiaga texnik nosozlik sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda.
Manba: Daryo.uz
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!

Понравился ли Вам наш сайт?