» » AQSh Rossiyaning yangi quroliga B-52 modernizatsiyasi bilan javob qaytarishga qaror qildi

AQSh Rossiyaning yangi quroliga B-52 modernizatsiyasi bilan javob qaytarishga qaror qildi


Rossiyada qurollarning yangi turlari paydo bo‘lganligiga javoban AQSh Harbiy-havo kuchlari B-52 bombardimonchi samolyotini modernizatsiya qilishga qaror qildi. Bu haqda The National Interest nashri xabar berdi.

Samolyot hujumlarni amalga oshirish uchun yangi imkoniyatlarga ega bo‘lishi taxmin qilinmoqda.

Modernizatsiya, birinchi navbatda, havo kemasining ichki bo‘linmasiga daxl qilishi lozim. Modernizatsiyadan so‘ng samolyot sakkiztagacha J-Series eng yangi bombalarini tashishga qodir bo‘ladi. Qolaversa, har bir qanot ostida yana oltitadan bomba bo‘ladi. Samolyot ichidagi foydali yuklamani oshirib va o‘q-dorilarni qanotlar ostidan olib yoqilg‘i zahirasidan samaraliroq foydalanish mumkin bo‘ladi.

Samolyotning boshqaruv tizimi ham modernizatsiya qilinishi lozim. Shuningdek, B-52 qurollanishi yuqori aniqlikdagi raketalar bilan to‘ldiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-03-2018, 16:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 66) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют