» » National Interest: F-35 Rossiyaning Su-35 qiruvchilariga munosib raqib emas

National Interest: F-35 Rossiyaning Su-35 qiruvchilariga munosib raqib emas


F-35 qiruvchi samolyotlari (AQSh) Rossiyaning Su-35 qiruvchilariga munosib raqib emas: Lockheed Martin korporatsiya mahsuloti havo janglari uchun umuman moslashmagan. Bu haqda National Interest jurnali sharhlovchisi Deyv Majumdar ma’lum qildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

“Eng zamonaviy F-35 mazkur mashinalar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘qnashuvlardan qochishi lozim. To‘rtta F-35 dan iborat bo‘g‘in shuncha Su-35 bilan uchrashganda nima ro‘y beradi? Ko‘rinib turgan javob shuki, yo‘nalishni o‘zgartirishi va F-22 hamda F-15 ni yordamga chaqirishga to‘g‘ri keladi”, — ta’kidladi amerikalik jurnalist.

Deyv Majumdarga ko‘ra, AQSh samolyotini faqat eng zamonaviy bort elektronikasi qutqarishi mumkin.

“Avionikadan samarali foydalanish va payqash mushkulligi F-35 ni uzoq havo jangida qutqarishi mumkin, biroq raqib bilan yakkama-yakka to‘qnashuvda ‘mo‘jizaviy qiruvchi’ ojiz qurilmaga aylanadi. Shu sababli uning uchuvchisi bunday to‘qnashuvlardan o‘zini olib qochishi lozim”, — xulosa qildi jurnalist.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq F-35 beshinchi avlod qiruvchi samolyoti narxi oshishda davom etayotgani, uning AQSh harbiy-havo kuchlariga yetkazilishi esa noma’lum muddatga qoldirilayotgani ma’lum qilingandi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (7-05-2017, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют