» » Reklama sanoati “Missuri, Ebbing chegarasidagi uchta reklama taxtasi” filmiga reklama taxtalari yordamida minnatdorchilik bildirdi

Reklama sanoati “Missuri, Ebbing chegarasidagi uchta reklama taxtasi” filmiga reklama taxtalari yordamida minnatdorchilik bildirdi


Ikkita nominatsiya bo‘yicha “Oskar” mukofotini qo‘lga kiritgan “Missuri, Ebbing chegarasidagi uchta reklama taxtasi” filmining syujeti tashqi reklama yordamida politsiyaning e’tiborini qizining o‘limiga qaratgan ayol atrofida qurilgan. Ayol shahar chetidagi uchta reklama taxtasini sotib olgan va ularga “O‘layotganning zo‘rlanishi. Haligacha hech kim qo‘lga olingani yo‘q. Qanday qilib bunday bo‘lishi mumkin, boshliq Uilloubi?”, deb yozgan.

Filmdan turli sohadagi faollar namuna olib, Londondagi yirik yong‘inning sekinlab qolgan tergovi va AQSh maktablardagi otishmalarga rasmiylarning e’tiborini qaratdi.

TJournal’ning yozishicha, Amerika tashqi reklamalar assotsiatsiyasi film ijodkorlarini unda reklama taxtalarining zamonaviy dunyodagi “samaradorligi va dolzarbligi”ni ko‘rsatib bergani uchun minnatdorchilik bildirgan.

Reklama sanoati vakillari fevral oyining oxirida Nyu-York, Los-Anjeles va Shimoliy Karolinada “Bu reklama taxtasi ‘Oskar’ga munosib”, “Butun dunyodagi reklama taxtalari nomidan — sizga rahmat” va “Gollivud chegarasidagi to‘rtta ‘Oltin globus’” yozuvli reklama taxtalarini joylashtirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-03-2018, 06:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют