» » Amerika kinoakademiklari “Oskar” g‘oliblari uchun ovoz berdi

Amerika kinoakademiklari “Oskar” g‘oliblari uchun ovoz berdi


AQSh kinoakademiyasi a’zolari nufuzli “Oskar” kinomukofoti g‘oliblari uchun ovoz berishni yakunladi, mukofotni topshirish marosimi 4-mart kuni Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadi, deb yozadi “RIA Novosti”. Dolby Theatre kinoteatrida o‘tkaziladigan 90-marosimga ketma-ket ikkinchi yil Jimmi Kimmel boshlovchilik qiladi.

Ovoz berish 20-fevral kuni boshlangan edi. Bir hafta davomida kinoakademiyaning barcha a’zolari o‘z favoritlari uchun ovoz berdi, g‘oliblar oddiy usul — ko‘pchilik ovoz bilan aniqlandi.

“Oskar” mukofoti 24 ta yo‘nalish bo‘yicha topshiriladi.

“Eng yaxshi film” yo‘nalishidagi bosh mukofotga to‘qqizta kartina — “Yo‘qol” (Get Out), “Ledi Byord” (Lady Bird), “Xayoliy rishta” (Phantom Thread), “Qayg‘uli davrlar” (Darkest Hour), “Suv shakli” (The Shape of Water), “Ebbing, Missuri chegarasidagi uchta reklama taxtasi” (Three Billboards Outside Ebbing, Missouri), “Meni o‘z isming bilan chaqir” (Call Me by Your Name), “Dyunkerk” (Dunkirk) va “Maxfiy hujjatlar” (The Post) da’vogarlik qilmoqda.

Eng yaxshi aktrisa nomi uchun Salli Xokins (“Suv shakli”), Margo Robbi (“Tonya barchaga qarshi” — I, Tonya), Sirsha Ronan (“Ledi Byord”), Meril Strip (“Maxfiy hujjatlar”) va Frensis Makdormand (“Ebbing, Missuri chegarasidagi uchta reklama taxtasi”) kurash olib boradi. “Eng yaxshi aktyor” yo‘nalishida esa Gari Oldman (Qayg‘uli davrlar”), Timoti Chalamet (Meni o‘z isming bilan chaqir”), Deniyel Kaluya (“Yo‘qol”), Deniyel Dey-Lyuis (“Xayoliy rishta”) va Denzel Vashington (“Roman Isroil, Esq.” — Roman J. Israel, Esq.) nomzodlari taqdim etilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-02-2018, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют