» » Toshkentda Mercedes daraxtga borib urildi. Uning ikki yo‘lovchisi halok bo‘ldi

Toshkentda Mercedes daraxtga borib urildi. Uning ikki yo‘lovchisi halok bo‘ldi


Toshkent shahrining Chilonzor tumanida ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasi ikki kishining umriga zomin bo‘ldi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi ma’lum qildi.

6-mart kuni soat 21.30 larda Toshkent viloyati, Zangiota tumanida yashovchi, 1995-yilda tug‘ilgan S.Nosirov Mercedes-Benz rusumli mashinasini Bunyodkor shohko‘chasidagi “Avtotexxizmat” binosi oldida haydab ketayotib, boshqaruvni uddalay olmay, yo‘l chetidagi daraxtga urildi.

Oqibatda avtomobil yo‘lovchilari O.Abdug‘aniyev va J.Qayumov jarohat olib, kasalxonaga keltirilganida hayotdan ko‘z yumdi.

Haydovchi omon qoldi. Unga tibbiy yordam ko‘rsatildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-03-2018, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 28) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют