» » 8 yoshli meksikalik qizaloq yadro fizikasi sohasidagi mukofotga sazovor bo‘ldi

8 yoshli meksikalik qizaloq yadro fizikasi sohasidagi mukofotga sazovor bo‘ldi


Meksikadagi eng yirik oliy ta’lim muassasalaridan biri — Milliy avtonom universiteti vakillari 8 yoshli Sochitl Gvadelupe Krus Lopesga yadro fizikasi fakulteti nomidan mukofot topshirdi. Maktab o‘quvchisi ushbu nufuzli mukofotni qo‘lga kiritgan eng yosh tadqiqotchiga aylandi. Bu haqda El Pais’ga tayanib, “Vesti” xabar berdi.

Qizaloq otasi bilan birga quyosh energiyasida ishlaydigan suv isitgichni yasagan. Qurilma mutlaq oddiy materiallardan — yog‘och bruslar, plastik butilkalar, muzlatgichning oynali eshigi hamda zerina shlangdan yasalgan.

Isitgichning umumiy tannarxi 200 pesodan (10 dollar) oshmaydi. Maktab o‘quvchisi uni uyining tomiga o‘rnatgan. Mazkur qurilma bir sutkada 10 litr suvni isitishga qodir.

Ayni vaqtda yosh meksikalik katta hajmdagi yana bir isitgich yasashni rejalashtirmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-03-2018, 11:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 110) ( 0) ( 109) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют