» » Britaniyalik qizaloq ko‘ldan qirol Arturning qilichini topdi

Britaniyalik qizaloq ko‘ldan qirol Arturning qilichini topdi


Britaniyalik maktab o‘quvchisi ko‘ldan qirol Arturga tegishli ekanligi taxmin qilinadigan qilichni topdi. Bu haqda Metro xabar bermoqda.

7 yoshli Matilda Jons Kornoulldagi Dozmari-Pul ko‘lida cho‘milayotganda uning tubida yotgan qilichni payqadi. Qizaloqning otasi u haqiqiy ekanligiga shubha qilmoqda. Uning fikricha, Matilda kino suratga olishdan so‘ng qolgan rekvizitga duch kelgan. Qilichning uzunligi qizaloq bo‘yiga to‘g‘ri keladi—120 santimetr.

Erkakning ta’kidlashiga ko‘ra, yo‘lda qiziga qirol Artur haqida hikoya qilib kelgan. Afsonalarda ritsarlardan biri halok bo‘lgan qirol qilichini suvga uloqtirgani, uni esa Britaniya taxtini egallashga loyiq insongina topishi keltiriladi.

Topilma aniqlangan Dozmari-Pul ko‘li mazkur rivoyat bilan bog‘liq manzillardan biri sanaladi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (6-09-2017, 14:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют