WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » Namanganda elektr simlarining qisqa tutashuvidan kelib chiqqan yong‘in oqibatida ona-bola vafot etdi
Namanganda elektr simlarining qisqa tutashuvidan kelib chiqqan yong‘in oqibatida ona-bola vafot etdi
Namangan viloyatining Mingbuloq tumanida 6-mart kuni soat 08:00 larda Gulbog‘ mahallasida yashagan, 1973-yilda tug‘ilgan M.Qurbonovaning uyida yong‘in sodir bo‘lgan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in soat 08:40 larda o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida uyining shift qismi va uy-jihozlari yonib zarar ko‘rgan hamda yong‘in o‘chirish vaqtida uy egasi M.Qurbonova va uning qizi 2001-yilda tug‘ilgan D.Olimovalarning kuygan holdagi jasadlari topilgan.
Yong‘in elektr simlarinining qisqa tutashuvidan kelib chiqqanligi aniqlangan, deyiladi xabarda.
Manba: Daryo.uz
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!

Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?