» » Bo‘yining balandligi 234 santimetrga yetgan britaniyalik o‘smir professional basketbol bilan shug‘ullanishga kirishdi

Bo‘yining balandligi 234 santimetrga yetgan britaniyalik o‘smir professional basketbol bilan shug‘ullanishga kirishdi


Buyuk Britaniyaning Suffolk grafligida joylashgan Beri-Sent-Edmunds shaharchasida yashovchi Brendon Marshall mamlakatdagi eng bo‘yi baland o‘smir hisoblanadi. U Uels milliy basketbol jamoasida mashg‘ulotlarni boshlab yubordi, deb xabar berdi Daily Mail.

Brendon to‘qqiz yoshga to‘lganida bo‘yi tez o‘sa boshlagan. 13 yoshga kirganida bo‘yining balandligi 183 santimetrga teng bo‘lgan. 2017-yilda esa 211 santimetrga qadar o‘sgan bo‘lsa, 16 yoshida 224 santimetrga yetgan. Mutaxassislarning fikricha, u yana o‘sishni davom etadi.

Brendon milliy ligadagi basketbol jamoasida o‘ynagan, shundan so‘ng u Uels milliy basketbol jamoasiga qabul qilindi. Kuni kecha esa u bir oydan keyin bo‘lib o‘tadigan dastlabki professional uchrashuvi oldidan mashg‘ulotlarni boshlab yubordi.

Brendon bo‘yining balandligi sabab o‘ziga mos ust-bosh, ayniqsa, oyoq kiyim topishda qiynaladi (oyog‘ining o‘lchami 52 ga teng). Bundan tashqari u suhbatlarga kirishuvchan emas va odamlar e’tiborini o‘ziga qaratishni yoqtirmaydi.

Ginnes rekordlar kitobida qayd etilishicha, dunyodagi eng baland bo‘yli o‘smir amerikalik Brok Braun hisoblanadi, uning bo‘yi 234 santimetrga teng.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-03-2018, 16:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 31) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют