» » O‘zbekistonga Janubiy Afrika Respublikasining faxriy konsuli tayinlanadi

O‘zbekistonga Janubiy Afrika Respublikasining faxriy konsuli tayinlanadi


6-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligida Janubiy Afrika Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi (qarorgohi Anqara shahrida) Pule Isaak Malefan bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda, TIV matbuot xizmatiga asoslanib, O‘zA xabar berdi.

Uchrashuv davomida Janubiy Afrika tomoni O‘zbekistonda iqtisodiyotni isloh qilish va liberallashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishtirildi. Xususan, O‘zbekiston iqtisodiyotini liberallashtirish va investitsiyalarni jalb qilish va xalqaro biznes faolligini oshirish uchun qulay muhit yaratilayotganiga alohida e’tibor qaratildi.

Tashqi savdo vaziri o‘rinbosari S. Saifnazarovning ta’kidlashicha, geografik masofaga qaramasdan ikki mamlakat turli sohalarda o‘zaro savdo-sotiqni kengaytirish uchun sezilarli salohiyatga ega. O‘zbekiston va Janubiy Afrika ishbilarmon doiralarining tashriflari ikki mamlakatning savdo va sarmoyaviy imkoniyatlari bilan tanishish va mavjud zaxiralarni ishga tushirish imkonini beradi.

Uchrashuv davomida JAR tomonidan ikki tomonlama hamkorlikni kuchaytirish maqsadida O‘zbekistonga JARning faxriy konsuli tayinlanishiga faol ishlar olib borilayotganligi haqida ma’lumot berildi.

Diplomatik missiya rahbari 2018-yilning birinchi yarmida JAR ishbilarmon doiralari vakillarining O‘zbekistonga tashrifini tashkil etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida hisobot berdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-03-2018, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 55) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют