» » Xakerlik hujumi haqidagi xabardan keyin bitkoinning narxi tushib ketdi

Xakerlik hujumi haqidagi xabardan keyin bitkoinning narxi tushib ketdi


Bitkoinning kursi 7-mart kuni kechqurun Binance kriptovalyuta birjasiga hujum ehtimoli haqidagi xabardan keyin 10 ming dollardan tushib ketdi. Bu haqda CoinDesk xabar berdi.

Kriptovalyutaning narxi dastlab 9,4 ming dollarga tushgan, 8-martda esa 10 ming dollargacha ko‘tarilgan va yana tusha boshlagan.

Binance’ga hujum qilingani haqida birjaning bir nechta foydalanuvchisi shubha qila boshlagan, chunki ular birjadan pulini chiqara olmagan.

Birja tomonidan ma’lum qilinishicha, foydalanuvchilarning bir qismi hujumga urinish qurboni bo‘lgan, biroq Binance’ning o‘zi buzilmagan. Ma’lumotlarga ko‘ra, barcha mijozlarning puli o‘z joyida va ular o‘g‘irlanmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-03-2018, 00:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют