» » Shavkat Mirziyoyevni Dushanbe aeroportida Imomali Rahmon kutib oldi

Shavkat Mirziyoyevni Dushanbe aeroportida Imomali Rahmon kutib oldi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Prezident Imomali Rahmonning taklifiga binoan 9-mart kuni davlat tashrifi bilan Tojikiston Respublikasiga keldi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Dushanbe xalqaro aeroportida davlat rahbarini Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon kutib oldi.

O‘zbekiston Prezidenti sharafiga butun shahar bo‘ylab O‘zbekiston bayrog‘i ko‘tarildi. Ko‘chalarga chiqqan minglab tojikistonliklarning yuz-ko‘zidagi xursandchilik ushbu tashrif ular uchun orziqib kutilgan voqea ekanidan dalolat beradi, deyiladi xabarda.

O‘zaro munosabatlar tarixida bu O‘zbekiston Prezidentining Tojikistonga ilk davlat tashrifidir. Tomonlar ushbu muzokaralarga mamlakatlar hamkorligini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, uni amaliy mazmun bilan boyitish uchun imkoniyat sifatida qaramoqda.

Avval xabar qilinganidek, oliy darajadagi muzokaralarda turli sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama etiladi, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar ko‘rib chiqiladi.

Turli sohalarda hamkorlikni rivojlantirish, ikki mamlakat xalqiga qulayliklar yaratishga qaratilgan tarixiy hujjatlar imzolanadi.

Tashrif doirasida biznes-forum va O‘zbekiston milliy sanoat ko‘rgazmasi, ikki mamlakat san’at ustalari ishtirokida konsert tashkil etiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-03-2018, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 37) ( 0) ( 35) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют