» » Foto: Turistlar e’tiboridan chetda qolib ketayotgan tabiati go‘zal mamlakatlar

Foto: Turistlar e’tiboridan chetda qolib ketayotgan tabiati go‘zal mamlakatlar


TravelAsk mamlakatdagi notinchlik, xavfsizlik darajasining pastligi va shu kabi boshqa omillar sabab turistlar e’tiboridan doimo chetda qolib ketayotgan tabiati go‘zal mamlakatlar haqida ma’lumot to‘plab taqdim etdi.

Somali

Somalidagi qaroqchilar sabab turislar ushbu maskanga tashrif buyurishni unchalik ham xohlashmaydi. Shuningdek, mamlakatda sodir bo‘lgan davlat to‘ntarilishi ham turizmning foydasiga emas. Ammo aytish kerakki, Mogadisho atroflari hozirda ancha tinchlanib qolgan.

Tuvalu

Tuvaluning o‘ziga xos jihati — Polineziyaning sakkizta oroldan tashkil topganligi. Bu yerdagi ajoyib suvlar va hayotning bir maromdaligi sayyohlarni o‘ziga jalb etishi mumkin.

Marshall orollari

Marshall orollarining musaffo suvlari minglab turdagi baliqlarga boshpana bo‘lib xizmat qiladi. Bundan tashqari bu yerda riflarning 200 dan ortiq turini uchratish mumkin.

San-Tome va Prinsipi

Respublika ajoyibotlarga boy ikkita arxipelagdan tashkil topgan bo‘lib, u yerda qalin o‘rmonlar va havas qilsa arzigulik plyajlar, hatto faol vulqonlar ham joylashgan.

Kiribati

Kiribatiga tashrif buyurgan inson hecham afsuslanmaydi. Ushbu mamlakat dunyoda Yangi yil bayramini eng birinchi nishonlaydi. Tabiat manzaralaridan zavq olishni istagan sayyohlar uchun Kiribati ayni muddao.

Janubiy Sudan

Mazkur mamlakat dunyo xaritasida 2011-yilga kelibgina paydo bo‘ldi. Biroq hozirda ham mamlakat va Sudan chegarasidagi vaziyat keskinligicha qolmoqda. Shunga qaramay Janubiy Sudan hukumati har qanday yo‘l bilan bo‘lsa-da sayyohlarni mamlakatga jalb qilishga intilmoqda.

Liviya

Liviyada vaziyat hamon keskin chigal. Uning hududi turli qurolli guruhlar tomonidan bo‘lib olingan, shu sababli hozirda u yerga borish mumkin emas. Shunga qaramay Liviya o‘zining tarixiy obidalari va takrorlanmas arxitekturasi bilan barchani hayron qoldirishda davom etmoqda.

Gvineya-Bisau

G‘arbiy Afrika qirg‘og‘ida joylashgan sobiq Portugaliya koloniyasida Yevropa madaniyatini o‘zida saqlab qolgan. Ammo mahalliy aholi o‘zining qadimiy urf-odatlarini ham unutib yubormagan. Tropik mamlakat o‘zining orollari va mangra o‘rmonlari bilan maqtana oladi.

Nauru

Nauru dunyodagi eng kichkina orol mamlakatlardan biri hisoblanadi. Oq qum barxanlariga burkangan ajoyib plyajlar hech kimni befarq qoldirmaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-03-2018, 11:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют