» » AQSh senatorlari Putinning yangi qurol haqidagi bayonotidan so‘ng, Reks Tillersonni Rossiya bilan muzokara o‘tkazishga chaqirdi

AQSh senatorlari Putinning yangi qurol haqidagi bayonotidan so‘ng, Reks Tillersonni Rossiya bilan muzokara o‘tkazishga chaqirdi


AQShning demokratlar partiyasi a’zo bo‘lgan senatorlar guruhi Rossiya prezidenti tomonidan taqdim etilgan yangi quroldan so‘ng, mamlakat davlat kotibi Reks Tillersonga murojaat qilib, undan Rossiya bilan strategik barqarorlik yo‘lida muzokara boshlashni talab qildi, deb xabar berdi “Gazeta.ru”.

“AQSh va Rossiya o‘rtasidagi strategik dialog prezident Vladimir Putin tomonidan 1-martdagi nutqida bir nechta yangi yadroviy qurollarni tilga olinganidan so‘ng, dolzarb masalaga aylandi. Putinning ma’lum qilishicha, Rossiyada qanotli raketa va suv osti yadroviy qurollar yaratilmoqda”, — deyiladi senatorlar tomonidan tayyorlangan maktubda.

Maktubga Jeff Merkli, Dayan Faynstin, Edvard Marki hamda betaraf senator Berni Sanders imzo chekkan.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Federal majlisga murojaat chog‘ida ikkita yangi jangovar raketani namoyish etgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-03-2018, 11:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют