» » Bayramga sovg‘a: grossmeyster Gulruhbegim Tohirjonova Malayziyadagi xalqaro turnir g‘olibasiga aylandi

Bayramga sovg‘a: grossmeyster Gulruhbegim Tohirjonova Malayziyadagi xalqaro turnir g‘olibasiga aylandi


O‘zbekistonlik xalqaro grossmeyster Gulruhbegim Tohirjonova Malayziyada o‘tgan xalqaro turnir g‘olibasiga aylandi, deb yozdi “Olamsport”.

Ayollar bayrami arafasida Kuala-Lumpur First Friday Masters March—2018 turniriga mezbonlik qilgan bo‘lib, unda O‘zbekiston, Malayziya, Myanma, Filippin, Hindiston, Vyetnam kabi mamlakat shaxmatchilari chempionlik uchun kurash olib bordi. Reglamentga ko‘ra, musobaqa 9 ta turdan iborat bo‘lib, unda shaxmat ustalari aylanma usulda kuch sinashib chiqishi kerak edi.

Gulruhbegim 9 ta imkoniyatning hech birida imkoniyatni boy bermadi. U 4 ta o‘yinni o‘z foydasiga hal qilgan bo‘lsa, yana 5 tasida durang qayd etdi. Natijada 6,5 ochko jamg‘arishga erishdi. Qo‘shimcha ko‘rsatkichlari raqobatchilarinikidan yaxshiroq bo‘lgani uchun, bosh mukofot aynan Tohirjonovaga nasib etdi.

Gulruhbegim Tohirjonova o‘zbekistonlik birinchi ayol grossmeyster Nafisa Mo‘minovaning singlisidir.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-03-2018, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 50) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют