» » BAA AQShdan 270,4 million dollarlik aviatsiya raketalarini xarid qilish niyatida

BAA AQShdan 270,4 million dollarlik aviatsiya raketalarini xarid qilish niyatida


Pentagon 8-mart kuni AQSh Kongressiga Birlashgan Arab Amirliklariga 270,4 million dollarlik aviatsiya raketalarini sotish rejasi haqidagi bildirishnomani yubordi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Bayonotda ta’kidlanishicha, Davlat departamenti bu turdagi qurol-aslahaning Abu-Dabiga yetkazilishiga qarshi emas.

BAA 340 ta “havo-havo” klassidagi AIM-9X-2 Sidewinder infraqizil o‘z-o‘zidan to‘g‘rilanish kallakli boshqariluvchi raketa, zarur ehtiyot qismlari va qurilmalar, logistik ko‘mak so‘ragan.

“Bu BAAning hozirgi va bundan keyingi tahdidlarga qarshilik ko‘rsatish imkoniyatlarini yaxshilash imkonini beradi”, — deya ta’kidlanadi bayonotda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-03-2018, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 30) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют