» » AQSh Davlat departamenti Birlashgan Arab amirliklariga zenit raketalari yetkazib berilishini ma’qulladi

AQSh Davlat departamenti Birlashgan Arab amirliklariga zenit raketalari yetkazib berilishini ma’qulladi


AQSh Davlat departamenti Birlashgan Arab amirliklariga Patriot PAC-3 va GEM-T zenit raketalarini sotish bo‘yicha kelishuvni ma’qulladi. Bu haqda AQSh mudofaa vazirligining Mudofaa hamkorligi va xavfsizlik agentligi ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

“Davlat departamenti BAA hukumatiga raketalar sotilishi bo‘yicha kelishuvni ma’qulladi. Kelishuvning umumiy summasi 2 milliard dollarni tashkil etadi”, — deyiladi agentlik xabarida.

Agentlikka ko‘ra, BAA rasmiylari 60 ta Patriot PAC-3 va 100 GEM-T raketalari, shuningdek, ularning butlovchi materiallari hamda ehtiyot qismlarini yetkazib berishni so‘ragan.

Raketalarning mazkur ikki turi mo‘ljallangan Patriot zenit komplekslari amirliklarga 2009-yilda yetkazib berilgan.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (12-05-2017, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 57) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют