» » Kolbasa Janubiy Afrika respublikasida ommaviy o‘lim sababchisi bo‘ldi

Kolbasa Janubiy Afrika respublikasida ommaviy o‘lim sababchisi bo‘ldi


JARda tarqalgan listerioz epidemiyasi 180 kishini hayotdan olib ketdi. Epidemiyani quritilgan go‘shtli kolbasa keltirib chiqargan, deb xabar beradi Inson salomatligi va iste’molchi huquqlari himoyasi sohasidagi nazorat bo‘yicha federal xizmat.

Inson salomatligi va iste’molchi huquqlari himoyasi sohasidagi nazorat bo‘yicha federal xizmat 2017-yilning yanvar oyida Janubiy Afrika respublikasida listerioz epidemiyasi tarqalgani haqida ogohlantirgan edi. Ushbu kasallik tufayli 2017-yilning yanvar oyidan boshlab 180 kishi vafot etdi. Bu esa kasallikka chalinganlarning 27 foizini tashkil etadi.

“JAR yuqumli kasalliklar milliy institutida o‘tkazilgan qon tahlil natijalarining 91 foizida lisretioz shtamm—ST6 aniqlangan. Xuddi shunday shtamm iste’molga tayyor quritilgan go‘shtli kolbasalarda ham aniqlangan. Bemorlarning 83 foizida kasallik shu turdagi kolbasalarni iste’mol qilganidan so‘ng boshlangan”, — deyiladi xabarda.

Listerioz bilan kasallanganlar iste’mol qilgan barcha turdagi kolbasalar Polokveyn shahridagi Enterprise Food va RCL Foods korxonalarida ishlab chiqarilgan. Ushbu mahsulotlar hozirda sotuvdan olingan.

Listerioz bakterial infeksiya bo‘lib, u markaziy asab tizimini zararlaydi hamda meningit va ensefalitni keltirib chiqarishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-03-2018, 12:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 26) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют