» » MAGATEning texnik hamkorlik dasturlari bo‘yicha menejeri O‘zbekistonga tashrif buyurdi

MAGATEning texnik hamkorlik dasturlari bo‘yicha menejeri O‘zbekistonga tashrif buyurdi


Joriy yilning 7-mart kuni “O‘zstandart” agentligida Xalqaro atom energetikasi agentligi (MAGATE) tashabbusi bilan MAGATE’ning texnik hamkorlik dasturlari bo‘yicha menejeri Kristof Samba Xenrix hamda yadroviy yoqilg‘i sikli va chiqindilar texnologiyasi bo‘yicha ekspert Umar Solihboyev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “O‘zstandart” agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda “O‘zstandart” agentligi tomonidan o‘zaro hamkorlikni kengaytirish, shu jumladan, 2018—2019-yillarga mo‘ljallangan texnik hamkorlik loyihasi MAGATE UZB6015 “O‘zbekiston Respublikasida dozimetrli ikkilamchi etalonli laboratoriyani tashkil etish” (Establishing the Secondary Standards Dosimetry Laboratory) doirasida qiziqish bildirildi.

Ushbu loyiha doirasida O‘zbekiston milliy metrologiya instituti dozimetrik laboratoriyasini rentgen va gamma nurlanishli etalonlar bilan jihozlantirish, shu bilan birga mutaxassislar malakasini oshirish, o‘qitish (amaliyot o‘tash) va xalqaro davlatlar yetakchi metrologiya tashkilotlarining ilmiy seminarlarida qatnashish ko‘zda tutilgan. Loyihani amalda qo‘llash natijasida foydali qazilmalar ishlab chiqarish, mehnat havfsizligi va sog‘liqni saqlash sohasida qo‘llaniladigan ionlovchi nurlanishli o‘lchash vositalarining yangi qiyoslash va kalibrlash usullari tatqiq etiladi.

Kristof Samba Xenrix turli yo‘nalishlarda Xalqaro atom energetikasi agentligi va “O‘zstandart” agentligi o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha tayyorligini bildirdi.

Uchrashuv davomida barcha yo‘nalishlarda fikr almashinildi va natijada kerakli shartnoma va bitimlarni qayta shakllantirib imzolash bo‘yicha qaror qabul qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-03-2018, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 114) ( 0) ( 112) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют