» » Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmonga Abdurahmon Jomiyning o‘zbek tilida nashr etilgan kitobini sovg‘a qildi

Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmonga Abdurahmon Jomiyning o‘zbek tilida nashr etilgan kitobini sovg‘a qildi


Shavkat Mirziyoyev tojikistonlik hamkasbi Emomali Rahmonga fors-tojik shoiri Abdurahmon Jomiyning o‘zbek tilidagi nashrini sovg‘a qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Yaqinda O‘zbekistonda Abdurahmon Jomiyning asarlari o‘zbek tiliga tarjima qilinib, “Muhabbat maxzani” kitobi chop etildi.

Dushanbeda bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida Shavkat Mirziyoyev ushbu kitobni Emomali Rahmonga tuhfa qildi. Shavkat Mirziyoyev so‘zboshisi bilan nashr qilingan ushbu kitob Tojikiston rahbariga katta mamnuniyat bag‘ishladi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Samarqandda o‘zbek va tojik adabiyotining buyuk namoyandalari bo‘lgan bu ikki shoirga haykal o‘rnatilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-03-2018, 18:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют