» » Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon G‘alaba – Amuzang – Xushadi temir yo‘l tarmog‘ini rasman ochib berdi

Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon G‘alaba – Amuzang – Xushadi temir yo‘l tarmog‘ini rasman ochib berdi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va tojikistonlik hamkasbi Emomali Rahmon bilan Dushanbe shahrida ochilgan O‘zbekiston sanoat korxonalari milliy ko‘rgazma-yarmarkasiga tashrif buyurdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Dastlab bu yerda G‘alaba – Amuzang – Xushadi temir yo‘l tarmog‘ining rasmiy ochilish marosimi bo‘ldi. Prezidentlar poyezd harakatini boshlash uchun ramziy tugmani bosdi.

Shundan so‘ng Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlar bilan tanishdi.

Ko‘rgazma ikki qismda tashkil etilgan. 1500 metr kvadrat yopiq manejda “O‘zeltexsanoat”, “O‘zkimyosanoat”, “O‘zto‘qimachiliksanoat”, “O‘zbekipaksanoat”, “O‘zbekcharmpoyabzali”, “O‘zbekneftegaz”, “O‘zfarmsanoat”, “O‘zqurilishmateriallari”, “O‘zbekoziqovqatxolding”, “O‘zsharobsanoat”, “O‘zmetkombinat” kabi yirik kompaniya va assotsiatsiyalar mahsulotlari namoyish etilmoqda.

500 metr kvadrat ochiq maydonda avtomobillar, qishloq xo‘jaligi texnikalari, yuk mashinalari, avtobuslar va boshqa mahsulotlar ko‘rgazmaga qo‘yilgan.

O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlar Emomali Rahmonda katta taassurot qoldirdi. Ularning sifati va narxi barchaga ma’qul bo‘lishini ta’kidladi. Ko‘rgazma-yarmarkani yana ko‘proq vaqt davom ettirish, O‘zbekiston mahsulotlarini sotish va hamkorlikda ishlab chiqarish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Oldinroq Amuzang chegara posti ochilgani haqida xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-03-2018, 19:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 29) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют