» » O‘zbekistonda do‘konlarda yelim xaltalarni bepul berishni taqiqlash taklif etilmoqda

O‘zbekistonda do‘konlarda yelim xaltalarni bepul berishni taqiqlash taklif etilmoqda


O‘zbekistonda 2019-yil 1-yanvardan polimerdan tayyorlangan yelim xaltalarni bepul berish taqiqlanishi mumkin. Bu Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi muhokama uchun e’lon qilgan “Sanitar tozalash tizimlarini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasida ko‘zda tutilgan, deya xabar beradi “Gazeta.uz”.

Qaror atrof-muhit ifloslanishining oldini olishga qaratilgan. Loyihada polimerdan tayyorlangan yelim xaltalar narxini sotilayotgan mahsulotlar bahosiga kiritishda tannarxidan past qiymatlarni belgilashni taqiqlash ham taklif etilmoqda.

Polimer yelim xaltalar ishlab chiqaruvchilari va buyurtmachilariga savdo nuqtalarida nazorat-kassa mashinalari skanerlarida hisoblanishi uchun paketlarga maxsus kodlar tushirish majburiyatini yuklash taklif qilinmoqda.

Ushbu cheklovlar O‘zbekistonga olib kiriladigan yoki mamlakatda tayyorlanadigan savdo sohasida tovarlarni qadoqlashda qo‘llanilayotgan qalinligi 15 mikrondan, hajmi 5 litrdan kam bo‘lmagan yelim xaltalarga nisbatan joriy etish rejalashtirilmoqda. 2020-yil 1 yanvardan mazkur taqiq qalinligi 50 mikrondan, hajmi 10 litrdan kam bo‘lmagan paketlarga nisbatan ham tatbiq etiladi.

Ushbu taqiq sochiladigan va qattiq bo‘lmagan mahsulotlar qadog‘ining bir qismi hisoblangan, hajmi 1 litrgacha, biroq dastalari, reklama va axborot logotiplari bo‘lmagan paketlar, shuningdek, savdo tarmoqlarida xo‘jalikda foydalanish uchun 50 tadan kam bo‘lmagan o‘ramdagi paketlarga nisbatan qo‘llanilmaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-03-2018, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют