» » O‘zbekistonda Turizmni rivojlantirish konsepsiyasi loyihasi muhokama qilinmoqda

O‘zbekistonda Turizmni rivojlantirish konsepsiyasi loyihasi muhokama qilinmoqda


O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi mamlakatda turizmni rivojlantirishni qiyinlashtirayotgan va sayyohlik salohiyatidan samarali foydalanishga to‘sqinlik qilayotgan asosiy sabablarni keltirib o‘tdi, deb yozadi “Gazeta.uz” ular Respublikada turizmni o‘rta muddatli istiqbolda rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish to‘g‘risidagi Prezident qarori loyihasida sanab o‘tilgan, hujjat muhokama uchun e’lon qilingan.

Asosiy muammolar orasida turistlar uchun viza rejimi sohasidagi ma’muriy va iqtisodiy to‘siqlar bor, deyiladi hujjatda. Milliy sayyohlik mahsulotining raqobatbardoshli emasligi natijasida yashash va aviaparvozlar uchun baland tariflar, cheklangan darajadagi servis, nomukammal muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilma, qulay sayyohlik axborot muhitining yo‘qligi, malakali kadrlar yetishmasligi, O‘zbekistonning xorijda zaif tarzda ilgari surilishi kelib chiqadi.

“Turizmning dinamik o‘sishi, uning iqtisodiyotning boshqa sektorlariga sezilarli ta’siri, aholi farovonligining oshishi va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha chora-tadbirlar qabul qilish zaruriyatini e’tiborga olib, sayyohlik tarmog‘i mamlakatni rivojlantirish barqarorligini oshirishning eng kuchli vositalaridan biriga aylanishi kerak”, — deyiladi konsepsiya loyihasida.

Prezident qarori loyihasida O‘zbekistonning har bitta hududiga 2017—2021-yillarda turizmni rivojlantirish va kuchaytirish bo‘yicha o‘z dasturini ishlab chiqish taklif etiladi.

Mehmonxonalarda joy bron qilishning integratsiyalashgan va avtomatlashtirilgan yagona tizimini yaratish qayd etilgan.

Tanlov asosida davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan yirik sayyohlik inshootlarini qurish rejalashtirilmoqda.

Banklarga tadbirkorlik subyektlariga mehmonxonalarni qurish va modernizatsiya qilish uchun uzoq muddatli (15—20 yil) kreditlar ajratish taklif qilinadi.

2018-yildan UzReport World xalqaro telekanalini ishga tushirish taklif etilmoqda.

Опубликовано: admin (23-02-2017, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 102) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют