» » Shavkat Mirziyoyev Dushanbeda Tojikiston bosh vazirini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Dushanbeda Tojikiston bosh vazirini qabul qildi


Shavkat Mirziyoyev Dushanbe shahrida Tojikiston bosh vaziri Qohir Rasulzodani qabul qildi, deb xabar berdi Prezident matbuot xizmati.

Uchrashuvda Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga tayyorligini, buning uchun barcha zarur sharoit yaratilishini ta’kidladi.

Qohir Rasulzoda esa o‘z navbatida O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya hamraisi sifatida o‘zaro manfaatli loyihalarni ishlab chiqish, qo‘shimcha imkoniyatlar bo‘yicha takliflar tayyorlashga alohida ahamiyat berishini qayd etdi.

Ikki mamlakat hududlari va yetakchi korxonalari o‘rtasida kooperatsiyani kengaytirish, qo‘shma korxonalar tashkil etish, tranzit yuk tashishni ko‘paytirish va boshqa masalalar muhokama qilindi.

Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” qabul qilish muhimligi ta’kidlandi.

Avvalroq, Shavkat Mirziyoyev Tojikiston respublikasi parlamentining Majlisi namoyandagon palatasi raisi Shukurjon Zuhurov bilan uchrashgani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmonga Abdurahmon Jomiyning o‘zbek tilida nashr etilgan kitobini sovg‘a qildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-03-2018, 12:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 78) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют