» » Endi O‘zbekistonda tarqatilayotgan axborotlarda 0+, 7+, 12+, 16+, 18+ yozuvlari aks etishi shart

Endi O‘zbekistonda tarqatilayotgan axborotlarda 0+, 7+, 12+, 16+, 18+ yozuvlari aks etishi shart


“Bolalar sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan ularni himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni kuchga kirdi, deb xabar berdi O‘zA.

Mazkur qonunda axborot mahsulotining yoshga oid tasnifi va yosh toifalarini belgilash masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Endilikda ommaviy axborot vositalari, shu jumladan, Internet tarmog‘idagi veb-saytlar, blogerlar, reklama vositalari hamda boshqa turdagi axborot kanallari orqali tarqatilayotgan axborotlarda bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan axborotdan himoya qilish maqsadida 0+, 7+, 12+, 16+, 18+ yozuvlari aks ettirilishi shart.

Qonunga ko‘ra, yoshga oid tasnifni belgilash axborot mahsulotini ishlab chiqaruvchilar va tarqatuvchilar tomonidan, shu jumladan, ekspertlarni jalb etgan holda O‘zbekiston hududida tarqatish boshlangunga qadar amalga oshiriladi.

Ya’ni, qonun kuchga kirishi bilan har bir axborot tarqatuvchi fuqaro hushyorlikka amal qilgan holda o‘zlari yoki bu sohadagi ekspertlarning xulosasiga ko‘ra tarqatilayotgan axborotga yosh toifasini qo‘yishlari kerak bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-03-2018, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 76) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют