» » Qonunchilik palatasida OAV va jurnalistlar faoliyatini himoya qilishga oid qonun loyihalari ko‘rib chiqildi

Qonunchilik palatasida OAV va jurnalistlar faoliyatini himoya qilishga oid qonun loyihalari ko‘rib chiqildi


Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida OAV va jurnalistlar kasb faoliyatini himoya qilishga daxldor qonun loyihalari birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi. Bu haqda palata axborot xizmati xabar bermoqda.

Deputatlar o‘z ishini “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasini ko‘rib chiqishdan boshladi.

Mazkur qonun loyihasi rivojlangan demokratik mamlakatlar — AQSh, Yaponiya, Janubiy Koreya, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari tajribasi, OAV sohasidagi xalqaro shartnomalarni inobatga olgan holda ishlab chiqilgan.

Parlament vakillariga ko‘ra, qonun qabul qilinishi OAV faoliyati erkinligi, axborotlardan erkin foydalana olishi, ularni davlat organlarining g‘ayrihuquqiy qarorlari, mansabdor shaxslarning harakatlari yoki harakatsizligidan himoya qilishni ta’minlovchi huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy shart-sharoitlarni yaratishga xizmat qiladi. OAVni ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi arizalarni ko‘rib chiqish jarayonini soddalashtirish, shuningdek, internet global tarmog‘idagi veb-saytlarni OAV sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish tartibini takomillashtirish muhim jihat hisoblanadi.

Bundan tashqari, jurnalistlar va ijodiy jamoalarni ularga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha imtiyozlar va preferensiyalar taqdim etish, moliyaviy va ijtimoiy yordam ko‘rsatish yo‘li bilan davlat tomonidan qo‘llab quvvatlashning huquqiy mexanizmlari belgilanadi. Moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, fondlar faoliyatini tashkil etish, tahririyatlar xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.

Shundan so‘ng “Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi ko‘rib chiqildi.

Ushbu qonun loyihasini qabul qilishning dolzarbligi jurnalistlik faoliyati erkinligi, hozirgi zamon xalqaro tajribasi va qonun hujjatlarini hisobga olgan holda jurnalistlarning huquqiy maqomi, akkreditatsiya qilish instituti tushunchasi hamda akkreditatsiya qilingan jurnalistlarning huquqlari belgilanishini ta’minlovchi huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy shart-sharoitlar yaratish zarurati bilan bog‘liq.

Deputatlarning ta’kidlashicha, qonun loyihasi davlat organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlashda hamda jamoat manfaatlariga molik dolzarb masalalarni yoritishda jurnalistlarning nufuzini oshirish maqsadini ko‘zlaydi. Mass-media vakillariga jurnalistlik faoliyatini amalga oshirishda qo‘shimcha huquqlar beriladi.

Muhokama yakunlariga ko‘ra deputatlar mazkur qonun loyihalarini konseptual jihatdan ma’qullab, birinchi o‘qishda qabul qildi. Mas’ul qo‘mitaga kelib tushgan takliflarni inobatga olgan holda ushbu hujjatlarni ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqish uchun tayyorlash topshirildi.

Опубликовано: admin (7-12-2017, 21:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют