» » Shavkat Mirziyoyev Toshkentga qaytib keldi

Shavkat Mirziyoyev Toshkentga qaytib keldi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning taklifiga binoan 9—10-mart kuni davlat tashrifi bilan Dushanbeda bo‘ldi.

Tashrif chog‘ida Millat qasrida Prezidentlarning yakkama-yakka uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Do‘stona va konstruktiv ruhda o‘tgan suhbatda siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda ikki tomonlama keng qamrovli hamkorlikni yanada kengaytirish va chuqurlashtirish istiqbollari, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro muammolar muhokama qilindi.

O‘zbekiston va Tojikiston rasmiy delegatsiyalari ishtirokida kengaytirilgan tarkibdagi uchrashuvda hamkorlikning boshqa muhim masalalari ham ko‘rib chiqildi. Muzokarada uzoq muddatli munosabatlarning huquqiy asoslarini yanada rivojlantirish va hamkorlikning barcha yo‘nalishlaridagi mavjud yuksak salohiyatni imkon qadar to‘la ro‘yobga chiqarish masalalari muhokama qilindi.

Muzokaralar yakunida ikki mamlakat rahbarlari O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasida Do‘stlik va yaxshi qo‘shnilikni mustahkamlash to‘g‘risidagi Qo‘shma bayonot, O‘zbekiston—Tojikiston davlat chegarasining alohida uchastkalari to‘g‘risidagi shartnomani imzoladi.

Bundan tashqari, savdo, iqtisodiyot, investitsiya, moliya, transport va tranzit, qishloq xo‘jaligi, suv-energetika, soliq, bojxona, turizm, fan-ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, xavfsizlik va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohalaridagi hamkorlik hamda hududlararo aloqalarni rivojlantirishga doir 27 hujjat imzolandi.

“Ushbu salmoqli hujjatlar to‘plami mamlakatlarimiz va qardosh xalqlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni har tomonlama rivojlantirish uchun yangi huquqiy asos yaratadi”, — deya xabar bermoqda O‘zA.

Tashrifning ikkinchi kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘zi uchun ajratilgan qarorgohda Tojikiston parlamentining Majlisi namoyandagon palatasi raisi Shukurjon Zuhurov hamda ushbu mamlakat bosh vaziri Qohir Rasulzodani qabul qildi.

Shu bilan O‘zbekiston Prezidentining Tojikistonga davlat tashrifi yakuniga yetdi. O‘zA xabariga ko‘ra, Prezident Shavkat Mirziyoyev 10-mart kuni Toshkentga qaytib keldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-03-2018, 17:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 61) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют