» » Ichki ishlar vaziriga eng ko‘p murojaat ichki ishlar idoralariga ishga qayta tiklash yuzasidan  bo‘ldi

Ichki ishlar vaziriga eng ko‘p murojaat ichki ishlar idoralariga ishga qayta tiklash yuzasidan  bo‘ldi


O‘zbekiston Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov 2017-yil davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlarda sayyor qabullar o‘tkazdi. Bu haqda IIV ma’lum qildi.

Sayyor qabullarda jami 6067 nafar fuqaro qabul qilindi. Ulardan turli mazmundagi 3760 murojaat kelib tushdi.

Murojaatlarning 1388 tasi ichki ishlar organlariga ishga qayta tiklash, 243 tasi ichki ishlar organlariga ishga kirish, 541 tasi ichki ishlar organlaridagi tergovga qadar tekshiruv, dastlabki tergov va surishtiruv hamda 394 tasi pasport-viza masalalariga oid bo‘ldi.

Oila-turmush doirasidagi kelishmovchiliklarga doir murojaatlar 125 tani, turli ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga doir murojaatlar 522 tani tashkil etdi. 102 ta murojaatda esa ichki ishlar organlari xodimlarining noo‘rin xatti-harakatlari bayon qilingan. Shuningdek, 445 murojaatda boshqa turli masalalar o‘z aksini topdi.

Murojaatlarning 340 tasi sayyor qabul jarayonida ijobiy hal etildi. 731 murojaat esa qabuldan so‘ng ko‘rib chiqilib, ijobiy hal etildi. 2558 murojaat yuzasidan tushuntirish berildi, 131 tasini qanoatlantirish rad qilindi.

Sayyor qabullardan birida Andijon viloyatining Shahrixon tumanida yashovchi Gulzira Mo‘ydinova tanishi X. Abdulazizovga eshik yasab berishi uchun 600 dollar bergani, ammo oradan ancha vaqt o‘tganiga qaramasdan duradgor va’dasining ustidan chiqmaganligi, boz ustiga, pulni qaytarmayotganligidan norozi bo‘lib murojaat qildi. Fuqaroning murojaati tegishli tartibda o‘rganib chiqildi va unga puli undirib berildi.

Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanida istiqomat qiluvchi Muhabbat Nasrullayeva esa sayyor qabulda qizi M. Boboyorova oliy o‘quv yurtiga kontrakt asosida o‘qishga kirgani munosabati bilan unga bankdan 4 yil muddatga ta’lim krediti olishga yordam berishni so‘radi. Ushbu murojaat ijobiy hal qilindi – M. Boboyorovaga ta’lim krediti ajratildi.

Shuningdek, Sirdaryo viloyatining Sirdaryo tumanida yashovchi opa-singillar Mavluda, Kamola va Shohida Hasanovalar ish bilan ta’minlashda amaliy yordam berishni so‘rab murojaat qildi. Mazkur murojaat nazoratga olinishi natijasida ular shu kunning o‘zida Guliston shahridagi “Bekteks” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga ishga joylashtirildi.

Sayyor qabullar yakuni yuzasidan joylarda o‘tkazilgan muhokamalar jarayonida ichki ishlar organlari tizimida korrupsiya va uning turli ko‘rinishlariga qarshi kurashish, shaxsiy tarkib o‘rtasida tamagirlik va poraxo‘rlik kabi salbiy illatlarga yo‘l qo‘ymaslik, bu borada tarbiyaviy ishlarni kuchaytirish, shuningdek, aholining huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot ishlarini yanada jadallashtirish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-03-2018, 07:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют