» » Shahram G‘iyosov uchun prof boks muvaffaqiyatli boshlandi va u raqibini 15 soniya ichidayoq nokaut qilishga erishdi (video)

Shahram G‘iyosov uchun prof boks muvaffaqiyatli boshlandi va u raqibini 15 soniya ichidayoq nokaut qilishga erishdi (video)


Rio—2016 Olimpiadasini kumush medal bilan yakunlagan, bir yil o‘tib esa jahon chempionligini qo‘lga kiritgan o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi Shahram G‘iyosov professional boksda debyut qildi.

Okean ortiga ketib, o‘zining ilk professional shartnomasini imzolagan Shahram G‘iyosovning ilk jangi argentinalik Nikolas Velaskesga qarshi o‘tdi va unda o‘zbekistonlik bokschi raqibini nokautga uchratdi, deb yozdi “Olamsport”. Buning uchun Shahramga 15 soniya vaqt kifoya qildi.

Nikolas Velaskes prof ringda bungacha 12 ta jang o‘tkazgan bo‘lib, shularning 10 tasida raqiblarini mag‘lub etishga muvaffaq bo‘lgan va 2 tasida imkoniyatni boy bergandi. G‘iyosovga qarshi jangda u faoliyatidagi eng tezkor nokautni qabul qilib oldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-03-2018, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 43) ( 0) ( 40) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют