» » Imoratlari tig‘izlashib, jin ko‘chalari ko‘payib borayotgan Toshkent

Imoratlari tig‘izlashib, jin ko‘chalari ko‘payib borayotgan Toshkent


So‘nggi vaqtlarda Toshkentda shahar imoratlarining tig‘izlashuvi tendensiyasi kuzatilmoqda, deb yozadi “Nuz.uz”.

Toshkent markazi shaharning biznes qismiga aylantirilib, buzilayotgan uylarda yashovchilar shahar chekkasiga ko‘chirilayotgan bir paytda uddaburon developerlar chaqqon arxitektorlar bilan birga yechim topmoqda, deyiladi maqolada. Ular dahalardagi imoratlarni tig‘izlashtirmoqda. Shu tariqa esa shaharni ataylab bo‘sh qoldirilgan yerlardan mahrum etmoqda va ekologik vaziyatni buzmoqda.

Ko‘p qavatli uylar orasida avvallari odamlar daraxtlar ekkan, soya-salqin bo‘lgan, bolalar o‘ynagan va kattalar ham nafas rostlagan bo‘sh joylar egallanib, shu yerlarda yangi uylar qurilmoqda. Ta’kidlanishicha, bu yerdagi infratuzilma: energiya, gaz, issiqlik, suv ta’minoti va kanalizatsiya mavjud uylar va inshootlarga mo‘ljallangan. Endi bu infratuzilma qo‘shimcha yuklamani ko‘tara oladimi? — degan masala ko‘tariladi maqolada.

Toshkentda bunday tarzda imoratlar qurilaversa, u tez orada pastqam va jin ko‘chalarga to‘la shaharga aylanadi va o‘zining ko‘kalamzor shahar sifatidagi shuhratini yo‘qotadi, deya xulosa qilinadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-03-2018, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют