» » Vladimir Putin ba’zan o‘z matbuot kotibi Dmitriy Peskovni tushunmasligini tan oldi

Vladimir Putin ba’zan o‘z matbuot kotibi Dmitriy Peskovni tushunmasligini tan oldi


Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘zining kiberxavfsizlik bo‘yicha maxsus vakili Andrey Krutskixning so‘zlariga oydinlik kiritishini so‘ragan NBC jurnalistiga ushbu masala bo‘yicha ma’muriyat maslahatchisiga to‘g‘ridan to‘g‘ri murojaat qilishni maslahat berdi, deb xabar beradi “MK.ru”.

Putin o‘z ma’muriyatida ikki ming kishi ishlashini ta’kidlab, “Nahotki, siz ularning barchasi mening nazoratimda deb o‘ylaysizmi?” deya javob bergan.

Krutskix 2016-yilda “Rossiya axborot kengligida amerikaliklar bilan teng huquqda so‘zlasha olishiga” va’da bergan edi. Endi esa Putin NBC kanaliga bergan intervyusida o‘z ma’muriyati vakili o‘shanda nimani nazarda tutganini bilmasligini ma’lum qildi.

Putin o‘z navbatida matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ayrim so‘zlaridan hayratlanishini ma’lum qildi.

“Ba’zan televizor ko‘rib o‘tirib, u nima haqda gapiryapti, buni unga kim aytdi, deb o‘ylab qolaman”, — deydi Putin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-03-2018, 14:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 107) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют