» » Olimlar Arktika tarixidagi eng issiq qishdan tashvishlanmoqda

Olimlar Arktika tarixidagi eng issiq qishdan tashvishlanmoqda


Joriy qish Arktika tarixidagi eng issiq qish bo‘ldi. Suvning muzlashi rekord darajadagi minimumni tashkil etdi va odatda qalin muz qoplami bilan qoplanuvchi katta suv hududlari ochiq qoldi, deb yozadi “Nauka”.

Amerikalik olimlar yuz berayotgan hodisani global isish tufayli kelib chiqqan siklning bir qismi deb atamoqda va u Yevropa hamda AQSh shimoli-sharqidagi kuchli muz bo‘ronlarini keltirib chiqarganligini taxmin qilmoqda.

Shimoliy qutbga yaqin joylashgan meteostansiya fevral oyida plyus harorat 60 soatga yaqin davom etganligini qayd etgan. Shu paytga qadar olimlar bu joylarda fevral harorati faqat ikki marta, juda qisqa vaqt mobaynida noldan yuqoriga ko‘tarilganligini qayd etgan.

Arktika meteorologik stansiyalaridan 15 tasi joriy qishda selsiy bo‘yicha 5,6 daraja me’yordan yuqori haroratni qayd etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-03-2018, 15:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют