» » Rossiya Markaziy saylov komissiyasi Jirinovskiyning debatlardagi haqoratli so‘zlari tufayli Bosh prokuraturaga murojaat qildi

Rossiya Markaziy saylov komissiyasi Jirinovskiyning debatlardagi haqoratli so‘zlari tufayli Bosh prokuraturaga murojaat qildi


Rossiya Markaziy saylov komissiyasi teledebatlar davomida prezidentlik lavozimiga nomzodlardan birining haqoratli so‘zlariga e’tibor qaratdi va Bosh prokuraturaga xat yo‘lladi. Bu haqda 10-mart, shanba kuni MSK rahbari Ella Pamfilova ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Avvalroq “Rossiya 1” kanalidagi debatlar davomida Rossiya Federatsiyasi prezidentligiga nomzod Kseniya Sobchak RLDP yetakchisi  Vladimir Jirinovskiy uni haqorat qilgandan so‘ng siyosatchiga suv sepib yuborgan edi.

Siyosatchilar o‘rtasidagi mojaro prezidentlikka yana bir nomzod Sergey Baburin chiqishi davomida yuz berdi. Jirinovskiy Baburinning chiqishi uchun ajratilgan vaqtga qo‘shilgandan so‘ng, Sobchak uni tinchlanishga chaqirdi. Bunga javoban RLDP yetakchisi uni “ahmoq” deb atadi. Jirinovskiy shundan keyin ham uni haqorat qilishda davom etdi, shundan so‘ng Sobchak siyosatchiga stakandagi suvni sepib yubordi.

Pamfilova nomzodlarni hech kim xafa qilmasligini kuzatib borish MSK majburiyatlariga kirishini ta’kidlab o‘tdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-03-2018, 16:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют